Doktor Mer logotipiDoktor Mer
Melatonin 5 mg — NOW Food

Melatonin 5 mg

NOW Food

Melatonin 5 mg — uyqu va uyg'oqlik tsiklini me'yorlashtirish, tez va osongina uyquga ketishni ta'minlash, asab tizimini tinchlantirish hamda antioskidant va oshqozon-ichak tizimini qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan tabiiy gormonal preparat

MavjudAQSH

Tavsif

Melatonin — organizmda (epifiz bezida) tabiiy ravishda ishlab chiqariladigan "uyqu gormoni" hisoblanadi. U sirkadli ritmlarni (biologik soatni) boshqaradi va organizmga tunda dam olish vaqti kelganligini bildiradi. Stress, gadjetlar ekranidan chiqadigan ko'k nur, smenali ish tartibi va vaqt zonalarining o'zgarishi (jet lag) melatonin ishlab chiqarilishini pasaytiradi. NOW Melatonin 5 mg uyquga ketish jarayonini tezlashtiradi, uyqu sifatini chuqurlashtiradi va ertalab tetik uygonishga yordam beradi. Shuningdek, u kuchli antioksidant bo'lib, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi va oshqozon-ichak shilliq qavatini qo'llab-quvvatlaydi

Tarkibi

Melatonin — 5 mg

Qo'llanilishi

Uyqusizlik (insomniya), uyquga ketishdagi qiyinchiliklar va tun davomida tez-tez uyg'onib ketishda. Parvozlar va vaqt zonalari o'zgarganda (jet lag) biologik soatni qayta tiklashda.Smenali yoki tungi grafikda ishlaydigan insonlarda uyqu tartibini to'g'rilashda.Stress va aqliy zo'riqish natijasida uyqu buzilganda.Antioksidant himoyani oshirishda

Dozasi

Kattalar uchun kuniga 1 ta o'simlik kapsulasi (Veg Capsule). Uyqudan 30–60 daqiqa oldin suv bilan qabul qilinadi.Eslatma: Faqat kechqurun yoki uyqu oldidan qabul qilinadi.

Kimlar uchun

Uyqu sifatini yaxshilamoqchi bo'lgan va tezroq uxlashni xohlaydiganlar uchun. Tungi smenada ishlaydigan va ish grafigi o'zgaruvchan shaxslar uchun.Ko'p tez-tez parvoz qiladigan va vaqt o'zgarishiga moslashishda qiynaladiganlar uchun.Vegetariyanlar va toza biologik qo'shimchalarni afzal ko'radiganlar uchun.

Ehtiyot choralari

Preparatni qabul qilgandan so'ng avtomobil boshqarish yoki diqqat-e'tiborni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash taqiqlanadi (chunki uyqusirashni keltirib chiqaradi)

O'xshash mahsulotlar